Dars ishlanmalar

1.

PAYARIQ TUMAN  63- MAKTAB

Fizika o’qituvchisi  Jo’raqobilov Zafar

DARS ISHLANMASI

Mavzu: Tovush kattaliklari

S a m a r q a n d  – 2 0 14

«Tovush kattaliklari » mavzusining tехnоlоgik хaritasi

MavzuTovush kattaliklari
Maqsad       Ta’limiy -O`quvchilargatovush va uni xarakterlaydigan kattaliklar haqida tushuncha berish, ular haqidagi tarixiy ma‘lumotlar vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati bilan tanishtirish hamda texnikadagi ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy – tovushning  inson hayotidagi ahamiyati, eshitish organlari faoliyatiga tovushning ta’sir qilishini, tovushdan foydalanish uqtirish.Tovush haqida ma’lumotlar berish orqali  o’quvchilarning fizik jarayonlarni tushunishi va  fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.
O`quv jarayonining mazmuni Tovushni xarakterlovchi kattaliklarni o’rganish
Asosiy atamalar va tushunchalar:   -tovush, tovushning qattiqligi, amplituda, tovush balandligi, tembr, oberton
O`quv jarayonining amalga оshirish tехnоlоgiyasi Mеtоd: Faol ma’ruza, guruhlar bilan ishlash, og`zaki bayon qilish, Biz bilamiz, suhbat, “Klastеr”, Fоrma: Ma`ruza. Individual va jamоada ishlash.Vоsita: 6-sinf fizika darsligi, ko’rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar.Nazоrat: Оg`zaki nazоrat. O`z-o`zini nazоrat qilish.Bahоlash. Rag`batlantirish balli sistеma asоsida.
Kutilayotgan natijalarO`qituvchi: tovushni xarakterlovchi kattaliklar haqida bilimlar beradi,  ularning haqidagi tarixiy ma‘lumotlar vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtiradi, hamda texnikadagi ahamiyatini tushuntiradi. O`quvchilarning faоlligini оshiradi. O`quvchilarda darsga, fanga nisbatan qiziqishni o`yg`оtadi. Bir vaqtning o`zida bir qancha o`quvchilarni bahоlaydi. O`z оldiga qo`ygan maqsadiga erishadi. O`quvchi: Yangi bilimlar эgallaydi. Yakka hоlda ishlash ko`nikmasi оrtadi, nutqi ravоnlashadi, o`z-o`zini nazоrat qilishga o`rganadi.

Tashkiliy qism: (2 minut).

1. Darsning tashkil etilishi:

a) salоmlashish, davоmatni aniqlash;

b) sinf хоnasini tоzaligini hisоbga оlish.

c) o`quvchilarni darsga tayyorlab, jоnli muhit yaratish.

2. Guruhlarga bo`linish (2 minut).

O`quvchilar tanlangan bеlgilar оrqali 4 ta guruhga bo`linib, jоylarini egallaydilar.

1-guruh.    “Tovush’”

2-guruh.     “Aks-sado”

3-guruh.     “Kamerton”

4-guruh.     “Chastota”

3. O`tilganlarni takrоrlash:  (10 minut) “Biz bilamiz” (хоtirani sinab ko`rish).

Guruhlar оldindan tayyorlab qo`yilgan savоllarga javоb bеradilar.

O`qituvchi: Tovush nima?

O`quvchi: Havo molekulalarinig tebranishi.

O`qituvchi: Tebranma harakat deb nimaga aytiladi?

O`quvchi: Har qanday takrorlanuvchi harakatga tebranma harakat deyiladi

O`qituvchi: tebranish chastotasiga tarif bering?

O`quvchi: 1 sekund vaqt davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi

O`qituvchi: inson qulog’i qanday chastota oralig’idagi tovushlarni qabul qiladi?

O`quvchi: Inson qulog‘i 16 Hz dan 20000 Hz gacha bo‘lgan tovushlarni seza oladi..

Aqliy hujum: quyidagi  hodisa sababi so’raladi-

Nima sababdan musiqani doitn baland ovozda eshitadigan voki uzluksiz «audio plever» eshitib yuradiganlaming qulog’i sezgirligi kamayib ketadi?

Tabiatda qanday hodisalar tovush chiqarish bilan birga ro’v beradi?

Amaliy topshiriq:

  1. Suvni isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqadigan ovozlarni yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling.

2.Imkoniyatingiz bo‘lsa, ovozingizni magnitofonga yozib, eshitib ko‘ring. Ovozingizni tanidingizmi?

Ovoz qavsi paytda uzoqqa boradi: issiq kundami yoki sovuq kundami? Sababini tushuntirishga harakat qiling.

TOVUSH KATTALIKLARI

Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.

  1. Tovushning qattiqligi. 121-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi. Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlur amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo‘ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma’lum kattalikdan kichik bo‘lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m2 yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 0,000001 mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 1 W/m2 ga borganda, inson qulog‘ida og‘riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bell sharafiga qo‘yilgan. Og‘riq sezish bo‘sag‘asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsibel Kl ldB IEI 0,1 B). Shunga ko‘ra sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110-120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan: Karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo‘naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (123-rasm) ham shunday tovushni yo‘naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo‘lmaganida, «qulog‘i og‘ir» odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib eshitganlar.
  2. Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqarmasdan, ko‘p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo‘lgan tebranishlar uchraydi. Nog‘oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 000 Hz gacha bo‘ladi.
    1. Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki qanday cholg‘u asbobi chalinayotganini aniqlash mumkin. Tovush ichidagi ko‘p chastotali tebranishlardan eng kichik chastotasi ν0 ni asosiy ton deyilib, 2 ν 0, 3 ν 0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi. Mana shu obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil tembrga ega bo‘ladi.

Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi «Bas» (80-350 Hz), «Bciriton» (110-400 Hz), «Tenor» (230-520 Hz) kabilarga, ayollarnikini «Soprano» (260-1050 Hz), «Kontralto» (170-780 Hz), «Messo-soprano» (200- 900 Hz) va «Koloratur soprano» (260-1400 Hz) larga bo‘linadi.

Qoshimcha ma’lumot

Yorug‘lik spektrini yetti rangga ajratishganidek, tovush tonlarini ham yettitaga ajratishgan: do-re-mi-fa-sol-lya-si… Ranglarning yorqinligini ham, tovushlarning kattaliklarini ham inson ko‘zi va qulog‘ining sezgirligi bilan baholashadi. Tovushlarni tonlarga ilmiy ravishda ajratishni Pifagorga tegishli deyishadi. Uning shogirdlari kedr yog‘o chidan, bitta tor tortilgan «monoxord» deb ataluvchi asbobni yasash- gan. Tor chertilsa, bitta tonga ega bo‘lgan ovoz chiqargan. Tor uzunligini ikki qismga ajratilsa (o‘rtasini bosib), yuqoriroq tonda ovoz chiqargan. Shunday qilib musiqiy tonlarni tor uzunligi bilan belgilaydigan qonuniyatlar topishgan.

Hayvonlar ichida filning qulog‘i eng katta. Bunga ko‘ra uning eshitish qobiliyati juda yuqori bo‘lsa kerak deb o‘ylashadi. Aslida fil quloqlari uning temperaturasini o‘zgartirmay ushlab turishi uchun xizmat qiladi. Quloqlardan o‘tgan qon soviydi. Shunga ko‘ra issiq kunlarda fil quloqlarini tinmay qimirlatib turadi.

Mavzuni mustahkamlash:

1.Amaliy topshiriq (sinfda bajariladi):

Kamertonni avval rezina tayoqcha bilan, so‘ngra bolg‘acha dastasi bilan urib, kamertonning tovush chiqarishida qanday farq bo‘lishini aniqlang.

Uyda qadahlar bilan bajarish mumkin.

2.Quyidagi savollarga javob bering:

1.Qattiq baqirgan va chiyillagan ovozlar nimatari bilan farqlanadi?

2.Rubobni sozlashda lining torini tarangroq tortiladi. Shunda chiqavotgan tovushning qavsi parametri o‘zgaradi?

3.Chelakni vodoprovod jo’mragi vordamida to’ldirilmoqda. Nima uchun idish to’lgan sari lining tovushi balandroq eshitiladi?

Klaster

“Tovush kattaliklari” mavzusiga «BBB» mеtоdini qo`llash

(jadval o`quvchilar yordamida to`ldiriladi)

BilamanBilmоqchimanBildim  
1. 2.3.4.  

Uyga vazifa:

Mavzuni o’qib kelish va tabiatdagi tovushlar haqida ma’lumot yig’ish

2.

Samarqand viloyat  Payariq tuman

63 – maktab  ona tili va adabiyoti

o’qituvchisi Xolmuratova Zamiraning

Zulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari mavzusiga doir

Samarqand-2014

Sinf: 6  Zulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari

Darsning texnologik xaritasi

NMavzuZulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari 
1Maqsad va vazifalarMaqsad: a) ta’limiy: Zulfiya she’riyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish. Egallagan bilimlarini mustahkamlash, DTS bo’yicha BKM larni egallashiga erishish;b) tarbiyaviy: o‘quvchilarni insonparvarlik va farovon hayotni qadrlash  ruhida tarbiyalash, ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;s) rivijlantiruvchi: og’zaki nutqni shakllantirish, erkin ijodiy fikrlashga o’rgatish.Vazifalar: O‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Didaktik materiallar tayyorlash va undan dars jarayonida o‘rinli foydalanish, ko‘nikma va malakasini oshirish. Mavzuga oid berilgan savol va topshiriqlarni qay darajada ekanligini nazorat qilish va baholash;
2O’quv jarayonining mazmu-niZulfiyaning hayot yo‘li, lirik merosi haqida; Didaktik materiallarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati; Didaktik materiallardan o‘rinli foydalanish; Didaktik materiallar tayyorlashusullari;
3 O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasiUslub: O‘quvchilarni alohida guruhlarga ajratish, guruhlararo “Rebus”, “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn” va boshqa interfaol uslublar orqali dars jarayonini amalga oshirish;Shakl: kichik guruhlar va yakka ishlash;Vosita: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazma materiallar (guruhlar uchun),  rag’bat kartochkalari, guruh     nomi yozilgan dastak, o’yin shartlari yozilgan ko’rgazma;Nazorat: savol-javob, jadval to’ldirishBaholash: rag’bat kartochkalari vositasida va 5 balli tizim asosida baholash;
4   Kutiladigan natijalarO’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi,o’quvchilar faolligini oshiradi, ularda fanga,mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otadi.  Bir darsda barcha o’quvchilar baholanadi, mavzuni mustaqil o’rganish va xotirada saqlash , savol berishga o’rgatadi.O’quvchi: shoira  haqida yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o’rganadi.Nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.
5Kelgusi rejalarPedagogik texnologiyalarni rivojlantirish va darsda tashkil etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish. O’quvchilar mustaqil bilimlarni o’zlashtirishni o’rganadi.Izlanish, mustaqil o’quv tadqiqotlari qilish, hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
6Uyga vazifaZulfiya she’rlaridan birini yod olish va uni tahlil qilish; savol va topshiriqlarni ishlash.  

Darsning blok-sxemasi

Tashkiliy qism5 minut
O’tilgan mavzuni takrorlash7 minut
Yangi mavzu10 minut
Mustahkamlash, guruhlarda ishlash15 minut
Mavzuni yakunlash5 minut
Baholash, vazifa berish3 minut

Darsning shiori:

Ilmni kim vositai joh etar,

O’zini-da elini gumroh etar

Alisher Navoiy

Darsning borishi:

I bosqich: 1.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat, dars shakli va o’yin shatlarini tushuntirish. O’quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish uchun  quyidagi she’rlarni o’quvchilarga yoddan ifodali o’qib beraman:

Mana bir umrni yashadim sensiz,

Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib.

Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz,

Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib.

Shundan beri tikman har nega qalqon,

Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.

Birov azasida yig’layman qon-qon,

To‘yida yig’layman o‘xshab ohuga…

II bosqich:

2.  O‘tilgan mavzuni takrorlash:

savollar:

  1. Zulfiya qachon va qayerda tug‘ilgan?
  2. Zulfiyaning ilk she’riy to‘plami qachon va qanday nom bilan bosilib chiqqan?
  3. Shoira ijodiga oid qanday poemalarni bilasiz?
  4. Zulfiya asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan?

O’quvchilar javoblari tinglangach, ularni 3 guruhga bo’lib, boshqotirma beriladi.

I guruh -“Iste’dod”;

II guruh- “Intellekt”

III guruh-“Tafakkur”

1-guruh: A T R V G A O N B E . berilgan harflardan 4 ta ortiqcha harflarni olib tashlagan holda, qolgan harflardan Zulfiya ijodiga oid she’r nomini topish;

2-guruh: sahar, gul, bodom, salqin, yer, binafsha, bahor, lab;Ushbu so‘zlarda Zulfiya ijodiga oid she’rning ikki misrasi yashiringan. So‘zlarni joylashtirish orqali misrani toping.

3-guruh: 24  20  11  5  8  23  1 . berilgan sirli raqamlarda yashiringan so’zni toping.

III bosqich

3. Yangi mavzu

O’quvchilar diqqati jalb qilingach, Zulfiya she’rlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘taman.

Zulfiya tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov yo’llagan tabrik xatida quyidagi dil so’zlari yozilgan edi: «Siz zamonamizning zabardast shoirasi va jamoat arbobi sifatida O’zbekistonning jarangdor ovozi bo’ldingiz, deb aytsak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz – Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolidan noyob nishonadir. Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz. Siz Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga ko’tardingiz. Sizning, el ardog’idagi yetuk ijodkor, mohir tarjimon, atoqli noshir-muharrir va jamoat arbobining tavallud kuni milliy bayram sifatida nishonlanishi davlatimiz hayotida katta voqeadir (Karimov I.A. O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya xonimga, Xalq so‘zi, 1995-yil, 30-may).

Darhaqiqat, Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan, ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh Vatan haqida-uning go’zal tabiati, mehnatkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati xususida bo’lsin, xoh insonlarning turfa is-tuyg’ulari: mehr-muhabbat, quvonch-u shodlik, baxt, saodatni tarannum etishga bag’ishlangan bo’lsin-barchasida hayotsevarlik, o’quvchida yorug’ kayfiyat paydo etish istagi hukmrondir. Bu fikrning isbotini shoiraning “Aziz tuyg’ular” nomli turkumiga kirgan  “Nevara” she’ri misolida ko’rish mumkin:

Nevaram quyunday otilib kirib,

Qalamim tagida qog’ozni yular.

Damda varrak yasab, ko’kda uchirib,

Izidan qop-qora ko’zlari yurar.

Talpingan  ko’ksingda,bolakay,ne bor?

Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?

Nevara bo’lmasa, odamzod albat,

O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Misralarda shoira nevarasi Ulug’bekning shamoldan cho’chimay, varragini balandroq uchirishni istayotganini ko’rib, bu harakatidan umidli, yorug’ bir falsafiy xulosa chiqaradi. Uni bobosi Hamid Olimjonga qiyoslaydi.

Varrak shamollar qarshiligiga qaramay, tiniq zangori osmonning yuksakliklariga intilganidek, o’yinqaroq, zavqi baland, o’jar bolakayni har qanday to’siqlarni yenga oladigan, istiqboliga, iqboliga erisha oladigan bolakay timsolini aks ettiradi. Va o’z orzularidan zavqlanib, nabira insonning hayotidagi umid-nishoni, avlodni davom ettiruvchi suyanchi ekanini mantiqan ta’kidlaydi.

IV bosqich

4. Mustahkamlash, guruhlarda ishlash:

“Baliq skeleti” chizmasi asosida Zulfiyaning ijodini 1-guruh “Iste’dod” tomonidan yoritilishi;

“Venn diagrammasi” asosida 2- “Intellekt” guruhi tomonidan sevimli shoiralarimiz Nodira va Zulfiyalarni umumiy jihatlarini asoslab berish;

ZULFIYA                                  NODIRA

Bu usulda o’quvchilar shoiramiz Zulfiyaxonim va Nodirabegimlarni umumiy jihatlarini ochib beradi.

Namuna:O‘xshashligi: shoira, davlat arbobi, shoirlarning turmush o‘rtoqlari, vafoli yor. . .

“Sinkveyn” usuli: bu usulda 3- “Tafakkur” guruhi, “Bahor” so’ziga sinkveyn tuzadi.

1________(ot)

2_________, __________(sifat)

3_________,___________,___________(fe’l)

4_________,___________,___________,___________(jumla)

5__________(birinchi so’zni ma’nodoshi)

Keltirilgan metodlardan guruhlar o’zaro fikr almashinib foydalanadilar.

Navbatdagi  topshiriqqa  ko’ra, guruhlar tanlagan konvertdagi savollarga javob beradilar.

1.Zulfiya she’riyatining tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.

2. Zulfiyaning biror she’ridan namuna keltiring.

3. “Nevara” she’rida shoira qanday kechinmalarni hayolidan o’tkazadi?

4. “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri kimga bag’ishlangan?

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Zulfiyaxonim        haqidagi qanday fikrlarni bilasiz?

6. Zulfiya she’rlarining asosiy mavzusi nima?

7. Shoira nomida qanday davlat mukofoti ta’sis etilgan?

8. Zulfiya qachon va necha yoshida vafot etgan?

She’rni ifodali o’qish mashqi:

1-guruh: “Nevara” she’ri;

2-guruh: “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri;

3-guruh: “Men o’tgan umrga” she’ri;

V  bosqich:

Mavzuni yakunlash

Shoira ijodini kuzatar ekanmiz, u yaratgan bebaho she’rlarida samimiy tuyg’ular tarannumini, qalb nozikliklarini, ko’ngil kechinmalarini qalban his etamiz. Shoira ijodida asosan hijron, sog’inch, qo’msash holatlari ko’plab uchraydi. Shoiraning quyidagi she’ri orqali ham fikrimizni isbotini keltirishimiz mumkin:

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Ko’rinadiki shoira hayotni kuylaydi. Qalbidagi kechinmalarini real tasvirlashga urinadi. U o’zining samimiy tuyg’ulari bilan, yoriga vafosi bilan haqiqiy sharq ayoliga xos xususiyatlarni aks ettirib beradi.

VI  bosqich

6.Baholash va vazifa berish

Toplagan ballar hisoblanib g’olib aniqlanadi. Shuningdek, har bir guruhdagi eng faol va sust o’quvchilar alohida baholanadi. G’olib guruh (guruhlar) rag’batlantiriladi.

Uyga topshiriq.

Zulfiya she’rlari bilan tanishib chiqish va birini yod olib, tahlilqilish. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash.

XULOSA

Darsni xulosalar ekanmiz, shuni aytishimiz mumkinki,  zamonaviy darsga bo’lgan talab, o’quvchi ongi va qiziqishlarining kengayishi, talabning ortib borishi bizni yanada faollikka, tirishqoqlikka, izlanuvchanlikka chorlaydi.  Hozirda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchini chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish, tushunish, o’zlashtirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini tarbiyalash.Shaxsning to’laqonli kamol topishi uchun, kelajakning ishonchli, mustahkam poydevori qilib shakllantirish bizning barcha faoliyatimizning bosh asosi  bo’lmish bir soatlik darsga bog’liq.

Ushbu dars ishlanmasidagi interfaol metodlar o’quvchida zukkolik, tirishqoqlik, chaqqon va aniq harakat qilish, bilimlarni puxta egallash ko’nikmalarini hosil qiladi .Mavzunu tabaqalashtirish (guruhlash), modullarga bo’lib o’rgatish, o’quvchilar hamkorligidagi darsni tashkil qilish, mustaqil kichik tadqiqotlarga yo’naltirish  bilim samaradorligiga olib kelishi aniqdir.